Çexiyada minglab odamlar 15 fevral, yakşanba kuni 400 dan ortiq aholi punktlarida köçalarga çiqib, liberal va ğarb tarafdori bölgan prezident Petr Pavelni qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Bu çiqişlar Pavel bilan hukumat rahbari — öng populist va yevroskeptik Andrey Babiş örtasidagi keskinlaşgan mojaro fonida bölib ötdi.
Çexiyaning CTK axborot agentligi xabar berişiça, aksiyaga “Demokratiya uçun million lahza” taşabbusi çaqirgan. Şu ma’lumotlarga köra, Çexiyada aholisi böyiça ikkinçi örinda turadigan Brno şahrida namoyişga 8000 dan 10 000 nafargaça odam çiqqan.
Aksiyalar Ostrava (Çexiyada aholisi böyiça uçinçi şahar), Pardubitse, Karlovi Vari kabi şaharlarda ham ötkazilgan. Ayrim iştirokçilar özlari bilan Pavelning portretlarini olib çiqqan. Boşqalar esa hukumat a’zolarining ustidan çizib qöyilgan tasvirlari tuşirilgan plakatlarni uşlab turgan.
1 fevral kuni Pavelni qöllab-quvvatlaş böyiça köp ming kişilik miting Pragada bölib ötgan edi. Taşkilotçilar bahosiga köra, unda 90 ming nafargaça odam qatnaşgan. Keyingi mitingni Pragada 21 mart kuni ötkaziş rejalaştirilgan.
Pavel bilan Babiş örtasidagi mojaro prezidentning “Avtomobilistlar özlari uçun” partiyasining faxriy raisi Filip Turekni atrof-muhit vaziri etib tayinlaşdan boş tortganidan keyin avj olgan. Pavel bu qarorini Turekning avval aytgan ayrim bayonotlari, uning fikriça, demokratik davlatda vazir lavozimiga mos kelmasligi bilan izohlagan.
Prezident, şuningdek, Turekning partiyadoşi bölgan taşqi işlar vaziri Petr Masinkani mazkur tayinlov masalasida unga bosim ötkazişga uriniş va amalda şantaj qilişda omma oldida ayblagan. Pavelni hozir muxolifatda bölgan partiyalar vakillari qöllab-quvvatlagan.

















