O‘zbekiston | 13:58 / 16.07.2021
2415
2 daqiqa o‘qiladi

Jalaquduq tumanidagi avtohalokatda bir fuqaro vafot etdi

Jalaquduqda sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida og‘ir tan jarohati olgan piyoda shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati ma'lum qildi. 

Qayd etishicha, joriy yil 6 iyul kuni soat 00:35 larda Jalaquduq tumanida yashovchi B.X. o‘zining “Spark” rusumli mashinasini "Tuyalas" MFY hududida boshqarib borayotib, yo‘lning qatnov qismini velosipedda kesib o‘tayotgan Chortoq tumanida yashaydigan S. S.ni urib yuborgan. 

Oqibatda S. S. bosh qismidan og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Ammo u kasalxonada  ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi  tergov bo‘linmasi tomonidan shu yilning 12 iyul kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Andijonda YPX xodimini «Spark» kapotida sudragan haydovchi ushlanganligi xabar qilingan edi.

Mavzuga oid