Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda YPX xodimini «Spark» kapotida sudragan haydovchi ushlandi
«Spark»ni do‘stining uyiga yashirib qo‘ygan haydovchi uzr so‘radi. Unga nisbatan jinoiy ish ochildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda «Spark» haydovchisi YPX xodimining ustiga avtomobilni boshqargan video tarqalganligi haqida xabar bergan edik.
Voqea joyidan ketib qolgan haydovchi o‘z avtomobilini do‘stining uyiga yashirgani va avtomashina raqamini yechib qo‘ygani aniqlangan.
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berishicha, mazkur haydovchiga nisbatan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi Jinoyat Protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.
Mavzuga oid
13:00 / 02.05.2026
Jarima balli 12 ballga yetgan birinchi haydovchi ma’lum bo‘ldi
09:00 / 26.04.2026
Energotariflar bo‘yicha mavhumlik va budjeti kesilgan futbol - hafta dayjesti
20:14 / 18.04.2026
Yoqilg‘i xarajatiga 3 foizgacha komissiya minyapti. Farg‘onadan reportaj
19:00 / 16.04.2026