Çapdast otaxon Muhammadkarim ota Bötayev Andijon viloyatining Jalaquduq tumanidan. U şu yoşida ham turnikda yaxşi tortila oladi, toş kötaradi, erta tongdan uzoq masofaga yuguradi, jismoniy faollikni uşlab turiş uçun daraxt uçigaça ham çiqib tuşadi. Qişloqdoşlari otaxonga “Tarzan” deb nom qöyişgan. “5 qizim bor, ularni turmuşga uzatganman, uyda çol-kampir bilan qolganmiz. Şu 5 qizim 10 ta öğilning örnini bosadi”, deydi qahramonimiz.

Muhammadkarim ota Bötayev Jalaquduq tumanining çekka Qirğiziston bilan çegara hududida joylaşgan Yorqişloq qişloğida yaşar ekan. Otaning harakatlari, jismoniy faolligi kişini hayratga soladi.

“65 yoşga kirdim, oddiy suvçi bölib işlayman. Kun böyi dalada ekinlarga suv qöyib, boşqa qilib, keçqurun uyda sport bilan şuğullanaman. Turnikda tortilaman, vaqt topib albatta har kuni yuguraman, toş kötaraman. Sigir boqaman, dehqonçilik qilaman, hayvonlarga mehrim bölakça.

Harakat qilgan odam kasal bölmaydi. Heç bir iş qilmasdan yeb-içib yotgan odam tezda qarib qoladi, kasallik ham tez ilaşadi unga keyin. Men Xudoga şukur, tumov bölib, belim, oyoğim oğrib qoldi, deb ötirmayman. Kasallikka böyin egmayman. Yoşlikdan mehnatda, sportda çiniqqanman. Hozirgi qilayotgan işlarimni körib atrofimdagi odamlar hayron qoladi. Inson sport bilan şuğullanişi, yugurib turişi kerak. Turnikda tortilib boks bilan maşğul böliş kerak. Şunda odam kasal ham bölmaydi.

Sport bilan şuğullanib çarçamayman. Masalan, 50 kg qopdagi yukni kötarib olib bemalol yugurib ketaveraman. Kampirim böldi endi, yoşingiz ötdi, turnikda osilmang, oğrib qolasiz, belingiz oğrib qoladi, deyaveradi. Uning gaplariga quloq solmayman. Sport bilan şuğullanib qaytaga özimni tetik his qilaman. Xudo xohlasa mana 70 yoşimda ham 40 yoşlik yigitdek olib yuraman özimni, deb kampirimga maqtanib qöyaman-da.