O‘zbekiston | 18:33 / 16.07.2021
3898
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda 60 yoshli erkak xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi 60 yoshli erkak xotinini pichoqlab o‘ldirgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Koson tumani «Nartichuqur» mahallasida yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘i Sh. Ya. ishlaydigan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli bolalar shifoxonasiga borgan. Ayol erini haqoratomuz gaplar bilan  xonasidan haydab chiqarmoqchi bo‘lgan. Bunga javoban M.I. unga pichoq bilan bir nechta zarba bergan. Oqibatda ayol og‘ir tan jarohatlari olgan va shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Koson tuman prokuraturasi tomonidan M. I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid