Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Cobalt” yukxonasida 120 million so‘mlik hujjatsiz telefonlar borligi aniqlandi
120 million so‘mlik uyali aloqa vositalari yashirincha olib kirilishiga chek qo‘yildi, deya xabar bermoqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot bo‘limi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan oldindan olingan ma'lumotlar asosida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida “Vodil-Qo‘qon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro A. B. boshqaruvidagi “Cobalt” mashinasi kuzatuvga olinib, Farg‘ona tumani hududida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Tekshiruv natijasida avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 120 million so‘mlik 7 turdagi 50 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq “Vodil — Marg‘ilon” yo‘nalishida 30 million so‘mlik tikuv mashinalarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
12:01 / 01.05.2026
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi
10:06 / 25.04.2026
Dunyo bo‘ylab maktablarda telefon cheklovlari keskin oshdi
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
21:22 / 18.04.2026