O‘zbekiston | 16:17 / 17.07.2021
2650
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan bosh shifokorga chora ko‘rildi

Foto: KUN.UZ

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Koson tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari majburiy mehnatga jalb qilingani haqida xabarlar tarqalgan. 

Ma'lum qilinishicha, ushbu xabar yuzasidan Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish olib borilgan (https://t.me/mehnatvazirligi/6557). O‘rganish davomida Koson tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari boshqa hududdagi obodonlashtirish ishlariga majburiy tarzda jalb etilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha Koson tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘iga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 (ellik) barobari miqdorida jarima solingan.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid