Xitoyda toshqinlar vaqtida 12 kishi halok bo‘ldi
Xitoyning markaziy provinsiyalarida kuchli yomg‘irlar toshqinlarga olib keldi. Tabiiy ofatdan Xenan provinsiyasi eng ko‘p jabr ko‘rdi. Bu yerda 100 mingdan ko‘proq odam evakuatsiya qilingan. Provinsiyaning eng yirik shahri Chjenchjouda metroning suv ostida qolishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan.
“Sinxua” axborot agentligining xabar berishicha, provinsiyaning 10dan ko‘proq shahri toshqinlardan jabr ko‘rgan.
Toshqinlar Chjenchjou yaqinidagi to‘g‘onning o‘pirilishiga olib kelgan. Shahar metrosi suv ostida qolishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan. Metro xodimlari tunneldan 500ga yaqin odamni evakuatsiya qilgan. Provinsiyada favqulodda vaziyat rejimi e'lon qilingan.
Xenanda kuchli yomg‘irlar 18 iyulda boshlangan. Meteorologlar ma'lumotlariga ko‘ra, provinsiyada yog‘ingarchilik miqdori 500 mmga, Chjenchjouning ba'zi hududlarida esa 870 mmga yetgan. Ta'kidlanishicha, shaharga oxirgi 3 kun ichida bir yillik yog‘ingarchilik tushgan. Buning natijasida temir yo‘l, havo va avtomobil aloqasi izdan chiqqan, 10dan ko‘proq ko‘chalar harakatlanish uchun xavfli deb e'lon qilingan.
Mahalliy hokimiyatni provinsiyadagi to‘g‘onlar holati xavotirlantirmoqda. Loyan shahrida suv to‘g‘onda 20 metrlik yoriq hosil qilgan va inshoot “istalgan vaqt o‘pirilib tushishi mumkin”.
Qutqaruv operatsiyalarida 6 mingdan ko‘proq harbiy va o‘t o‘chiruvchi ishtirok etmoqda.
Ob-havo mutaxassislari 21 iyulda ham kuchli yomg‘irlar davom etishini prognoz qilishmoqda. Ularning ta'kidlashicha, yog‘ingarchilik 22 iyulda to‘xtashi mumkin.
Mavzuga oid
21:52
Xitoyda 2027 yil oxiriga borib 5G aloqa tarmog‘idan foydalanuvchilar ulushi 85 foizga yetkaziladi
17:07
Xitoyning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi
23:24 / 23.12.2024
Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
22:10 / 23.12.2024