Jamiyat | 16:38 / 23.07.2021
9327
2 daqiqa o‘qiladi

Dilbar Dolimova: Bu yil reanimatsiya bo‘limlari bolalarga to‘la

Innovatsion rivojlanish vazirligi Ilg‘or texnologiyalar markazi Biotexnologiya laboratoriya mudiri Dilbar Dolimova professor Zarifboy Ibodullayevning ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlariga munosabat bildirdi hamda Zangiotadagi shifoxonada yuzaga kelgan holat bo‘yicha ma'lumot berdi.

«Biz Zarifboy Ibodullayevning chiqishlarini kuzatdik. Lekin mavjud vaziyatda aholiga to‘g‘ri axborot berishimiz zarur. Vazirligimiz vaksinalar xususiyati, samaradorligiga oid har qanday axborotni berishga tayyor. Biz Zangiotadagi markaz bilan muntazam aloqada ishlayapmiz. 

Bu yil e'tibor bersangiz, reanimatsiya bo‘limlari bolalarga to‘la. O‘tgan yili asosan yoshi kattalar og‘ir holatlarga tushgan, bolalarda bu kasallik juda yengil o‘tgan bo‘lsa, bu yil bolalarda ham og‘ir kechayotgani afsuslanarli», dedi Dilbar Dolimova.

Bundan avvalroq tibbiyot fanlari doktori, professor, nevrolog Zarifboy Ibodullayev O‘zbekistonda aholini majburiy emlashga qarshiligini bildirgan, shuningdek, mamlakatda keng miqyosda qo‘llanayotgan o‘zbek-xitoy vaksinasi yaratilishi, uning samaradorligi bo‘yicha ochiq ma'lumotlar berilishini talab qilgandi.

Mavzuga oid