O‘zbekiston | 10:12 / 24.07.2021
4029
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident «Fazoviy ma'lumotlar to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi

“Fazoviy ma'lumotlar to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qonunga muvofiq, fazoviy ma'lumotlar fazoviy obektlar to‘g‘risidagi, ularning joylashuvi, shakli, xossalari haqidagi ma'lumotlardan iborat.

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi fazoviy ma'lumotlar sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirishga doir faoliyatning muvofiqlashtirish maqsadida Kadastr agentligi huzurida Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi.

Fazoviy ma'lumotlar bazaviy va sohaga oid fazoviy ma'lumotlarga bo‘linadi.

Fazoviy ma'lumotlar va metama'lumotlar davlat organlariga o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun – beg‘araz asosda, boshqa foydalanuvchilarga esa – Kadastr agentligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan miqdorlardagi haq evaziga taqdim etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid