Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask Apple’ni tanqid qildi
Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Apple kompaniyasini tanqid qildi. U kompaniyani o‘z mahsulotlarida kamyob kobalt metallini haddan ziyod ko‘p ishlatishda va monopoliyada aybladi.
Foto: Getty Images
Ma'lumotlarga ko‘ra, Apple ayni vaqtda “Titan” loyihasi doirasida o‘zining elektromobilini ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqda. Ushbu avtomobil Tesla elektrokarlariga raqobatchilik qilishi mumkin.
Maskning ta'kidlashicha, Tesla litiy-ion elementlarini ishlab chiqarishdagi asosiy material hisoblangan kobaltni ko‘p ishlatishi haqida yanglish tasavvur bor. Tesla rahbarining aytishicha, aslida bunday emas.
“Tesla deyarli kobalt ishlatmaydi. O‘rtacha ko‘rsatkichlarni olsak, bizga qo‘llanayotgan kobaltning 2 foizi to‘g‘ri kelsa, Apple’ga 100 foizi to‘g‘ri keladi”, deb aytgan Tesla asoschisi.
Mask, shuningdek, Apple’ni App Store servisi orqali dasturlarni o‘rnatish ustidan qat'iy nazorat olib borishini tanqid qilgan.
Mavzuga oid
23:59 / 20.12.2025
Ilon Mask 700 mlrd dollardan ortiq boylikka ega bo‘lgan ilk insonga aylandi
22:41 / 18.12.2025
Apple 2026 yilda iPhone Pro dizaynini tubdan o‘zgartiradi
14:03 / 17.12.2025
iMac Pro qaytmoqda: nimalar ma’lum va nimani kutish mumkin?
15:36 / 16.12.2025