Jahon | 20:46 / 28.07.2021
4105
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlari Antalyagacha yetib bordi

Xabar qilinishicha, Antalyadagi yong‘inlar 15ta vertolyot yordamida o‘chirilmoqda.

Turkiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi – alanga Antalya viloyatigacha yetib bordi, deb yozmoqda Hurriyet Daily News.

Bundan tashqari, mamlakatda anomal jazirama hukmronlik qilmoqda: harorat 40 darajadan oshib ketgan.

Life Shot Telegram-kanali Sid shahridagi vaziyat tasvirlarini namoyish etdi – shahar uzra tutun ko‘tarilgan. Shuningdek, RIA Novosti ham o‘z Telegram-kanalida Antalyadan kadrlarni joylagan. Xabar qilinishicha, Antalyadagi yong‘inlar 15ta vertolyot yordamida o‘chirilmoqda.

Bloomberg agentligining yozishicha, olimlar dunyoning turli hududlaridagi ekstremal harorat global isish oqibatlari deb hisoblamoqda.

Avvalroq Yevropaning qator mamlakatlarida o‘rmon yong‘inlari avj olgani xabar qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid