O‘zbekiston | 09:56 / 29.07.2021
2911
2 daqiqa o‘qiladi

O‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilganlar ushlandi

“Fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan talaba va uning sherigi bo‘lgan mutaxassis ushlandi”, - deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bog‘dod tuman bo‘limi tomonidan DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida Qo‘qon pedagogika instituti talabasi Z.A. fuqaro Q.ni tanishlari orqali O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Qo‘qon pedagogika institutining sirtqi bo‘limi bosh mutaxassisi X.B. talaba Z.A. dan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq fuqaroning savdo do‘koni hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va'da qilgan soxta kadastr xodimi ushlanganligi haqida xabar berilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid