Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yarim yilda o‘simlik dunyosiga 6,7 mlrd so‘m zarar yetkazilgan
28 iyul kuni Oliy Majlis Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash masalalari qo‘mitasi hamda Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining qo‘shma majlisi o‘tkazildi.

Majlisda parlament yuqori palatasining o‘n yettinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tarzda muhokama qilindi. Shu jumladan, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilishiga doir axboroti eshitildi.
Qayd etilganidek, respublika hududida davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilishiga joriy etilgan moratoriy davrida 5 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 166 ming tup atrofida qimmatbaho navli davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsat so‘rab qilgan murojaatlar rad etilib, saqlab qolingan.
Majlisda ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlarga qaramay daraxtlarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq tizimli muammolar saqlanib qolganligi ta'kidlandi.

Xususan, prezident farmoniga muvofiq, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma berish vakolatini mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlariga berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va hukumatga kiritish vazifasi yuklatilgan. Biroq shu kunga qadar mazkur topshiriq bajarilmagan.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga daraxtlarni muhofaza qilish maqsadida ularning soni, turi, yoshi, tanasining diametri, geografik joylashuvi va boshqa parametrlari bo‘yicha hisobga olish hamda reyestrini yuritish topshirilgan. Ammo bugunga qadar Qo‘mita tomonidan jamoatchilikka bu borada ma'lumotlar berilmagan, yangidan ekilgan daraxtlarning hisobini yuritish ishlari ham tizimli tashkil etilmagan.

Ko‘chatlarning yagona elektron bazasini yaratish va unga hududlarda ekilgan ko‘chatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni kiritib borish ishlari e'tibordan chetda qolgan.
2021 yilning 6 oyi davomida respublikada daraxt va butalarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq 2 597 ta huquqbuzarlik sodir etilgan va o‘simlik dunyosiga 6,7 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Mavzuga oid
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026
Avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siq va notekislik yaratish taqiqlanishi mumkin
18:28 / 07.04.2026