O‘zbekiston | 12:00 / 06.08.2021
8672
5 daqiqa o‘qiladi

Al-Beruniy maktabida Marsdagi muhit simulyatsiyasiga ega hudud tashkil etilmoqda

Al-Beruniy maktabining fazoviy dasturi yangi pog‘onaga ko‘tarilmoqda.

2019 yilda ilk bor Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuniga bag‘ishlab, STEM dasturi doirasida, insoniyatning koinotni o‘rganishdagi yutuqlari mavzusida tadbir o‘tkazildi. Al-Beruniy o‘zbek-italyan xalqaro maktabi mazkur tadbir bilan kifoyalanmasdan, endilikda bolalarga o‘z qobiliyatini namoyon qilish hamda koinotni o‘rganishning navbatdagi bosqichida ishtirok etish uchun imkoniyat yaratmoqda.

Ayni vaqtda ABIS (Al-Beruniy International School) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti bilan hamkorlikda Mars sayyorasidagi sharoitni sun'iy hosil qilish uchun barcha talablarga mos Mars kamerasini ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda.

Zaruriy ko‘rsatkichlarni olish uchun ABIS maktabi NASA, SpaceX va RosKosmos kabi dunyoning yetakchi kosmik agentliklari bilan muzokaralar olib boryapti.

Kamera qizil sayyora uchun mos harorat, atmosfera va bosim ko‘rsatkichlarini simulyatsiya qilishga yordam beradi, unda ABIS maktabining o‘quvchilari turli xil o‘simliklarni yetishtirish ustida tajriba ishlarini olib borishi mumkin.

Biz ajoyib zamonda yashayapmiz, chunki Yerdan 55,76 mln km masofada joylashgan sayyoraga sayyohat qilish imkoni paydo bo‘ldi. ABIS maktabi bolalar ushbu orzuga biroz bo‘lsa-da yaqinlashishi uchun sharoit yaratib berdi. Zero, mazkur maktabning maqsadi har bir bolaga aql bovar qilmaydigan, bir qarashda yetib bo‘lmasdek ko‘rinuvchi marralarni ko‘zlashga o‘rgatishdir.

Al-Beruniy xalqaro maktabida o‘quv dasturlari global muammolarning yechimini topishga intilish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.

“Biz o‘quvchilarga bolalikdan atrof muhitga, tabiatga nisbatan muhabbat va g‘amxo‘rlik, tabiiy zaxiralarni tejab ishlatish, buning uchun eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ruhini singdirishga harakat qilamiz. Ilk bor O‘zbekiston umumiy o‘rta ta'lim tizimida agrar sohaga oid “TERRA VERDE” (it. Yashil Yer) nazorat-sinov stansiyasidek fantastik loyihani boshlab yubordik”, – deb ta'kidladi STEM dasturining koordinatori, italiyalik Flavio Gusmini.

Mazkur loyihaning afzalliklaridan biri – quyosh energiyasining tiklanuvchi zaxiralaridan, ya'ni yupqa plyonkali fotoelektrik elementlardan foydalanish hisobiga to‘liq elektr ta'minotiga erishishdan iborat.

Bundan tashqari, quyosh nurlarini elektr energiyaga konversiyalash hisobiga quvvati 50 kVt bo‘lgan energiya generatsiyasi tizimi o‘rnatilmoqda. ABIS maktabining o‘quvchilarida quyosh panellar ishini nafaqat qog‘ozda, balki nazariyani amalda sinab ko‘rib o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ladi, chunki quyosh generatorining barcha ko‘rsatkichlari SOLAX platformasida mavjud.

Shu tariqa Al-Beruniy xalqaro maktabi O‘zbekistonda to‘liq quyosh energiyasida ishlovchi birinchi ta'lim muassasasi bo‘ladi.

Hozirgi paytda Ilon Maskning Mars sayyorasiga fazoviy kemalari parvozi haqida barchamiz eshitganmiz. Lekin o‘zbekistonlik yosh ixtirochi Ziyodilla Butaxanovning faoliyati bilan hali ko‘pchilik tanish bo‘lmasligi mumkin. Ushbu iste'dod egasi o‘zi yasagan kosmik apparatni stratosferaga uchirib, 42 km balandlikdan suratlar olgan.

“Qachongacha Ilon Maskning yutuqlarini tomosha qilib yuramiz? Biz ham shunday natijalarga erisha olishimiz mumkin. Mening kelajakdagi maqsadim – MDH hududida birinchi xususiy kosmik agentlikni ochish hamda ushbu soha Markaziy Osiyoda rivojlanishi uchun hissa qo‘shish”, – deydi Butaxanov.

Al-Beruniy, Mirzo Ulug‘bek va boshqa buyuk ajdodlarimizga ergashib, Al-Beruniy xalqaro maktabining o‘quvchilari koinotni o‘rganishga katta qiziqish bilan qaramoqdalar. Jumladan, ko‘pgina o‘quvchilar fazoviy kema modellari loyihalari ustida ish olib bormoqda. Bu borada xalqaro maktabda fazoviy kema maketini yaratishda eng noodatiy va kreativ yechim topish bo‘yicha “Kelakajda men Koinotga uchaman” tanlovi e'lon qilindi.

5 avgustdan 15 avgustgacha 6-14 yoshdagi ishtirokchilar ishlarini ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanadi. Hay'at a'zolari bahosiga ko‘ra, eng qiziq va kreativ deb topilgan fazoviy kema maketlarining yosh ijodkorlari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar bilan rasmiy saytimizda tanishing.

Rasmiy sayt: abis.education

Telegram: @alberuniyinternationalschool

Al-Beruniy o‘zbek-italyan xalqaro maktabiga kirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Bolalaringiz muvaffaqiyatli kelajagi bugun ta'limda to‘g‘ri yo‘l tanlashdan boshlanadi!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid