Grant... Köp marotaba uşbu sözni eşitganmiz, ammo bizning ta'lim sohamizda kamdan-kam hollarda uçratamiz, xususiy maktablarda esa deyarli yöq.
Köpgina insonlar xalqaro standartlar böyiça yuqori sifatli ta'lim uçun faqat barqaror moliyaviy asosga ega böliş kerak deb öylaşadi, ammo hozirda Al-Beruniy xalqaro maktabi bunday stereotipdan qoçiş va iste'dodlarga yöl oçiş uçun harakat qilmoqda.

Endi har qanday bola Britaniyaning Pearson Edexcel tizimi akkreditatsiyasidan ötgan xalqaro maktabda bepul ta'lim oliş imkoniga ega.

Demak, Al Beruniy quyidagi beşta yönaliş böyiça grantlarni oçiq deb e'lon qiladi:
1. Al-Beruniy xalqaro maktabining olimpiadasida sovrinli örinlar egalari. Har yili maktab barça xohlovçilar uçun matematika böyiça olimpiada ötkazadi. Eng yuqori ballar töplagan iştirokçilarga bepul öqiş uçun grant taqdim qilinadi.
2. “Kelajakda men Koinotga uçaman” tanlov ğoliblari. Mazkur yil Al-Beruniy maktabida katta tanlov ötkazilib, unda bolalar kosmik raketalar modellarini öz qöllari bilan yaratişadi. Tanlov ğoliblari bepul öqiş imkoniyatini qölga kiritişadi.
3. Respublika va Xalqaro sport olimpiadalar ğoliblari. Xalqaro maktab soğlom turmuş tarzini hamda turli sport musobaqalarda sovrinli örinlarni egallagan sportçilarni qöllab-quvvatlaydi (şu qatorda moddiy tomondan ham).
4. Xalqaro darajadagi har qanday tanlov sovrindorlari. Halqaro miqyosda öz bilimlari va salohiyatini isbotlaşga erişgan har qanday iqtidorli bola grant asosida Al-Beruniy xalqaro maktabida öqişga loyiq.
5. A'loçilar. Oxirgi 5 yil içida hamma fanlar böyiça “a'lo” baholarga öqigan barça bolalar öz omadini sinab körib, xalqaro standart böyiça mutlaqo bepul öqişi mumkin.


Yuqorida keltirilgan biror-bir yönalişga mos kelgan har bir talabgor öqiş uçun 100% grantga ega bölişi mumkin. Buning uçun faqatgina Al Beruniy maktabiga borib, Admission office ga murojaat qilib, ABISGRANT promokodini aytiş kerak. Şundan söng ikkinçi bosqiçga ötişingiz lozim. Al Beruniy International School asosiy maqsadi Özbekistonda xalqaro ta'lim standartini keng joriy qilişdan iborat. Biz har bir bola iste'dodli bölib tuğilişiga işonamiz va eng sifatli ta'lim olişga loyiq deb hisoblaymiz. Şuning uçun aynan sizning bolangiz maktabimizda eng ilğor va kerakli bilimlarni olişiga, öziga işonç va muvaffaqiyatga erişişi uçun qölimizdan kelgan barça işlarni amalga oşiramiz.














