Al-Beruniy maktabining fazoviy dasturi yangi poğonaga kötarilmoqda.

2019 yilda ilk bor Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuniga bağişlab, STEM dasturi doirasida, insoniyatning koinotni örganişdagi yutuqlari mavzusida tadbir ötkazildi. Al-Beruniy özbek-italyan xalqaro maktabi mazkur tadbir bilan kifoyalanmasdan, endilikda bolalarga öz qobiliyatini namoyon qiliş hamda koinotni örganişning navbatdagi bosqiçida iştirok etiş uçun imkoniyat yaratmoqda.

Ayni vaqtda ABIS (Al-Beruniy International School) Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti bilan hamkorlikda Mars sayyorasidagi şaroitni sun'iy hosil qiliş uçun barça talablarga mos Mars kamerasini işlab çiqiş ustida iş olib bormoqda.

Zaruriy körsatkiçlarni oliş uçun ABIS maktabi NASA, SpaceX va RosKosmos kabi dunyoning yetakçi kosmik agentliklari bilan muzokaralar olib boryapti.

Kamera qizil sayyora uçun mos harorat, atmosfera va bosim körsatkiçlarini simulyatsiya qilişga yordam beradi, unda ABIS maktabining öquvçilari turli xil ösimliklarni yetiştiriş ustida tajriba işlarini olib borişi mumkin.

Biz ajoyib zamonda yaşayapmiz, çunki Yerdan 55,76 mln km masofada joylaşgan sayyoraga sayyohat qiliş imkoni paydo böldi. ABIS maktabi bolalar uşbu orzuga biroz bölsa-da yaqinlaşişi uçun şaroit yaratib berdi. Zero, mazkur maktabning maqsadi har bir bolaga aql bovar qilmaydigan, bir qaraşda yetib bölmasdek körinuvçi marralarni közlaşga örgatişdir.

Al-Beruniy xalqaro maktabida öquv dasturlari global muammolarning yeçimini topişga intiliş qobiliyatini rivojlantirişga qaratilgan.

“Biz öquvçilarga bolalikdan atrof muhitga, tabiatga nisbatan muhabbat va ğamxörlik, tabiiy zaxiralarni tejab işlatiş, buning uçun eng zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş ruhini singdirişga harakat qilamiz. Ilk bor Özbekiston umumiy örta ta'lim tizimida agrar sohaga oid “TERRA VERDE” (it. Yaşil Yer) nazorat-sinov stansiyasidek fantastik loyihani boşlab yubordik”, – deb ta'kidladi STEM dasturining koordinatori, italiyalik Flavio Gusmini.