Jahon | 15:16 / 09.08.2021
16732
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko Belarusning Rossiya tarkibiga kirishi ehtimoli haqida gapirdi

Belarus prezidentining fikricha, iqtisodiy integratsiya uchun davlatlarning birlashishi shart emas.

Foto: Reuters

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko hozirda Rossiya tarkibiga kirishga zarurat yo‘qligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish masalasi muhokama qilinmayapti.

«Biz suveren va mustaqil davlatmiz. Odamlarimiz ko‘p asrlardan so‘ng suveren va mustaqil bo‘lganimizni juda qadrlaydi. Rossiya tarkibiga kirish to‘g‘risidagi gaplarni eshitganimda Putinning boshi bilan o‘ylayman: Rossiyaga yana bitta bosh og‘rig‘i kerakmi? Yo‘q», — dedi Lukashenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti bu vaziyatni tushunadi.

Shuningdek, Lukashenkoning fikricha, iqtisodiy integratsiya uchun davlatlarning birlashishi shart emas.

Mavzuga oid