Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda «ZIL» yuk mashinasi teplovoz bilan to‘qnashdi. Haydovchi vafot etdi
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida «ZIL» yuk mashinasi teplovoz bilan to‘qnashgan. Oqibatda yuk mashinasi haydovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 8 avgust kuni soat 22:30larda Surxondaryo viloyatida joylashgan Sho‘rchi-Elbayon temiryo‘l bekatlari oralig‘ida joylashgan temiryo‘l kesishmasida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, M41 xalqaro avtomobil yo‘lidan qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelgan «ZIL» yuk mashinasi haydovchisi zaxiradagi teplovoz harakatlanib kelayotganini ko‘rib, temiryo‘ldagi svetoforning ogohlantirish chirog‘iga amal qilmasdan o‘tib ketishga uringan. Ammo ulgura olmagan va teplovoz yuk mashinasini urib yuborgan.
Oqibatda «ZIL» yuk mashinasi haydovchisi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.
Mavzuga oid
14:24 / 14.03.2026
Fermerga hisoblangan asossiz 126 mln so‘mlik qarzdorlik bekor qilindi
20:20 / 03.03.2026
Sovg‘a deb berishdi, keyin “to‘la” deyishdi - Qumqo‘rg‘ondagi tanish muammo
12:30 / 27.02.2026
Har bir viloyatda 2 tadan “Innovatsion tomorqa maktablari” ishga tushiriladi
17:29 / 26.02.2026