Jahon | 16:44 / 09.08.2021
13192
1 daqiqa o‘qiladi

«Tolibon» jangarilari Afg‘onistonning Samangan viloyati markazini qo‘lga kiritdi

Ular avvalroq Juzjon, Saripul, Kunduz, Nimro‘z va Tohar viloyatlari markazini egallagandi.

«Tolibon» harakati jangarilari Afg‘oniston shimolidagi Samangan viloyati markazi – Aybak shahrini egalladi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.

Bu toliblar qo‘lga kiritgan oltinchi viloyat markazi hisoblanadi.

Ular avvalroq Juzjon, Saripul, Qunduz, Nimro‘z va Tohar viloyatlari markazini egallagandi.

IRNA agentligining qayd etishicha, «Tolibon» jangarilari mamlakatdagi 120 shahar ustidan nazorat o‘rnatgan.

Mavzuga oid