Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch kishini Turkiyaga jo‘natayotgan ayol Toshkent aeroportida ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshloq tuman bo‘limi tomonidan viloyat DXX hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, tadbir davomida fuqaro D.X. uch nafar ayolga (1992, 1995 va 1999 yilda tug‘ilgan) o‘z hisobidan aviachipta sotib olib bergan.
Qayd etilishicha, D.X. ularni Turkiya Respublikasi Antaliya shahrida fohishalik qilishga yollab, Toshkent xalqaro aeroportida “Toshkent-Antaliya” yo‘nalishi orqali jo‘natayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Departament ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:21 / 15.01.2026
Eron yiqilsa, nima bo‘ladi?
10:51 / 14.01.2026
Turk farmkompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirish bo‘yicha muzokara boshladi
02:08 / 12.01.2026
Oilada kamida uch nafar farzand bo‘lishi kerak – Erdo‘g‘an
14:59 / 09.01.2026