Jahon | 14:59 / 10.08.2021
5041
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Tayvan sababli Litvadagi elchisini chaqirtirib oldi

Ta'kidlanishicha, Litvaning qarori «Xitoy suvereniteti va hududiy yaxlitligiga jiddiy zarar yetkazdi».

Foto: RIA Novosti / Stringer

Litva hukumati Tayvanga mamlakatda o‘z vakolatxonasini ochishga ruxsat berganidan so‘ng Xitoy Vilnyusdagi elchisini chaqirtirib olishga qaror qildi. Bu haqda Xitoy TIV bayonotida aytilmoqda.

«Litva hukumati Xitoyning ko‘p martalik diplomatik taqdimnomalariga qaramasdan Tayvan ma'muriyatiga «Tayvan» nomidan «vakolatxona» ochishga ruxsat berdi», — deyiladi bayonotda.

Xitoy bu qadamni «ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi kommyunike tamoyillarining qo‘pol buzilishi» deb hisoblaydi.

Qo‘shimcha qilinishicha, Litvaning qarori «Xitoy suvereniteti va hududiy yaxlitligiga jiddiy zarar yetkazdi».

Xitoy hukumati Litvadan o‘z elchisini chaqirtirib olish va Tayvan bo‘yicha qarorini bekor qilishni talab qilgan.

«Biz shuningdek, Tayvan hukumatini «Tayvan mustaqilligi» — bu boshi berk ko‘cha ekanligi va xalqaro maydonda ayirmachilik faoliyati bilan qatnashish muvaffaqiyat keltirmasligi to‘g‘risida ogohlantiramiz», — deyiladi Xitoy TIV bayonotida.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid