Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yerosti yo‘lagi shiftining bir qismi o‘pirilib tushdi
Metroning “Buyuk ipak yo‘li” bekatiga kirish yo‘lagida shift qoplamasining bir qismi qulab tushdi. Hech kimga shikast yetmagan. FVV hodisa sababini ma'lum qildi.
Toshkent metrosining “Buyuk ipak yo‘li” bekatiga olib tushuvchi yerosti yo‘laklaridan birida shift qoplamasining bir qismi qulab tushdi, deb ma'lum qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati.
12 avgust kuni soat taxminan 14:30da ro‘y bergan hodisada yo‘lak shiftiga o‘rnatilgan kompozit panel (alyukobond) o‘pirilib tushgan.
Jabrlanuvchilar yo‘qligi ma'lum qilindi.
“Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, konstruksiyaning bir qismi yerosti o‘tish yo‘lagi ustida joylashgan chimni sug‘orish natijasida to‘plangan suvning og‘irligi tufayli qulab tushgan.
Qulash jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarmagan. Bir necha daqiqa davomida hodisa joyi shift bo‘laklaridan tozalangan”, – deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborotida.
Mavzuga oid
08:41
Belgiya Toshkentda elchixona ochadi
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
16:14 / 04.06.2026
Elektropoyezd chiptasini Toshkent jamoat transporti bilan bog‘lovchi tariflar joriy etiladi
15:14 / 04.06.2026