Jamiyat | 12:36 / 12.08.2021
11232
1 daqiqa o‘qiladi
Yunusobod tumanida 3ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
2021 yil 12 avgust kuni soat 08:50larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
IIV YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan D.S. boshqaruvidagi Nexia-3, haydovchi, 1959 yilda tug‘ilgan G‘.Yu. boshqaruvidagi Cobalt hamda haydovchi, 1999 yilda tug‘ilgan X.F. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:20 / 16.10.2024
Andijondagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
16:43 / 16.10.2024
Qozog‘istondagi YTHda o‘zbekistonlik 6 kishi halok bo‘ldi
13:19 / 15.10.2024
Qashqadaryoda Labo haydovchisi piyodani urib yuborib, paxta dalasiga tashlab ketdi. Jabrlanuvchi vafot etgan
21:18 / 13.10.2024