Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik kongressmen Afg‘onistondagi vaziyatning yomonlashuvida Baydenni aybladi
Afg‘onistonda “Tolibon” harakatining faollashuvi AQSh prezidenti Jo Baydenda ushbu mamlakatdan amerikalik harbiylarni olib chiqish bo‘yicha reja yo‘qligi sababli yuz berdi. Bu haqda AQSh kongressi vakillar palatasining qurolli kuchlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasining respublikachi a'zosi Mayk Rojyers aytdi.
Bayden va vitse-prezident Kamala Harris o‘z lavozimlarini egallashgandan keyin “Amerikaning qaytishi” haqida e'lon qilishgan. “Biroq Bayden-Harris ma'muriyati tomonidan biz kuzatayotganimiz Amerika Afg‘onistondagi ayollar va bolalardan yuz o‘girgani bo‘ldi”, deb aytgan kongressmen.
U AQSh rahbari va uning ma'muriyatini Afg‘onistondagi vaziyatning yomonlashuvida ayblagan. “Baydenda reja bo‘lmagani sababli Afg‘onistonga yanada ko‘p harbiylar qaytmoqda, elchixonamiz evakuatsiya qilinmoqda, toliblar esa mamlakatning butun hududi bo‘ylab hujumlar uyushtirmoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan Rojyers. Uning fikricha, mintaqadagi joriy vaziyatni hisobga olsa, Bayden va'da berganidek 11 sentyabrgacha Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqa olmaydi.
13 avgustda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va mudofaa vaziri Lloyd Ostin Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan telefon orqali muzokaralar o‘tkazdi. AQSh vakillari suhbat davomida Vashington Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishiga va'da berishgan.
Shuningdek, AQSh Afg‘onistondagi elchixonasini evakuatsiya qilish uchun Kobulga 3 mingga yaqin harbiy yuborishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026