Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» harakati afg‘on xalqiga murojaat bilan chiqdi
«Tolibon» hukumat armiyasi harbiy xizmatchilariga amnistiya, xususiy va davlat mulklariga daxlsizlik va'da qilgan.
Foto: AP Photo/Gulabuddin Amiri
«Tolibon» harakati afg‘on xalqiga murojaat bilan chiqdi. Bu haqda TASS ISNA agentligiga tayanib xabar bermoqda.
«Tolibon» otryadlarining tezlik bilan o‘sishi harakatning ommaviyligi belgisi hisoblanadi. Agar kimda-kim «Tolibon»ga qarshi kurashgan bo‘lsa, hech narsadan xavfsiramasin. Hamma tinch yashashi mumkin. Biz sizlarning birodarlaringizmiz. Agar kimdir sizga «Tolibon» nomidan hujum qilsa, unga chora ko‘rish uchun zudlik bilan bizning shtabga xabar qiling», deya iqtibos keltiradi agentlik harakat bayonotidan.
Bayonotda aholi uylarini tark etmaslikka, hukumat amaldorlari esa oilasi bilan mamlakatdan chiqib ketmaslikka chaqirilgan.
«Tolibon» shuningdek, hukumat armiyasi harbiy xizmatchilariga amnistiya, xususiy va davlat mulklariga daxlsizlik va'da qilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, toliblar Afg‘onistondagi 34 viloyatdan 18tasi markazini egallagan.
Mavzuga oid
21:23 / 04.12.2025
«Tolibon» 13 yoshli bolani omma oldida qatlni ijro etishga majburladi
20:27 / 02.12.2025
Tojikiston afg‘on chegarasini qo‘riqlash uchun Rossiyadan harbiy yordam so‘radi
19:03 / 02.12.2025
Tojik-afg‘on chegarasida yana ikki xitoylik halok bo‘ldi, Xitoy xavfsizlikni ta’minlashni talab qildi
17:36 / 02.12.2025