Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7ta hududda test sinovlari yakunlandi
Foto: KUN.UZ
2021 yil 5 avgust kuni 2021-2022 o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlangan edi.
Davlat test markazi xabariga ko‘ra, kecha, 13 avgust kuni Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida test sinovlari yakunlandi.
Respublika bo‘yicha test sinovlari 16 avgust kuni yakunlanadi va tana harorati yuqori bo‘lgan hamda koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun 14 kun ichida qayta test sinovlari tashkil etiladi.
Avvalroq, Davlat test markazi javob belgilanmagan test topshirig‘iga ball berilishi natija xato hisoblanganini anglatmasligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
07:50 / 13.08.2025
O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanasi belgilandi
23:49 / 25.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
09:41 / 24.07.2025
Bakalavriat uchun testlar to‘liq yakunlanadi
12:07 / 21.07.2025