Jahon | 10:28 / 16.08.2021
8341
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda mahalliy OAV mamlakatni Tokio olimpiadasi g‘olibi deb e'lon qildi

Foto: Getty Images

Xitoy davlat OAVlari Xitoy hududlari hisoblanuvchi, biroq xalqaro musobaqalarda undan alohida ishtirok etuvchi Tayvan va Hongkong terma jamoalarining Tokio olimpiadasida qo‘lga kiritgan medallarini mamlakat medallari soniga qo‘shib, Xitoyni olimpiada g‘olibi deb e'lon qildi.

Tokiodagi o‘yinlar yakunlangandan bir hafta o‘tib Weibo ijtimoiy tarmog‘i va Xitoy markaziy televideniyesida mamlakat qo‘lga kiritgan medallar sonining yangilangan ko‘rinishi paydo bo‘ldi. Unda Tayvan va Hongkong sportchilari qo‘lga kiritgan medallar bilan birgalikda Xitoy olgan umumiy oltin medallar soni 41 tani, kumush medallar 37 tani va bronza medallar 27 tani tashkil qilishi ko‘rsatilgan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Tokio olimpiadasida 39 ta oltin, 41 ta kumush va 33 ta bronza medal bilan umumiy hisobda AQSh terma jamoasi g‘alaba qozondi.

Xitoy esa 38 ta oltin, 32 ta kumush va 18 ta bronza medal qo‘lga kiritgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid