Angela Merkel Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan izoh berdi
Germaniya kansleri Angela Merkelning ta'kidlashicha, Afg‘onistonda g‘arb koalitsiyasi mag‘lubiyatga uchradi va endi e'tiborni odamlarni qutqarishga qaratish lozim. U bu haqda Xristian-demokratik ittifoqi rahbariyatining yig‘ilishida aytib o‘tdi.
“Biz ayanchli kunlarni boshdan o‘tkazmoqdamiz. Endi e'tiborni odamlarni qutqarishga qaratmog‘imiz lozim”, deb aytgan kansler Afg‘onistondagi vaziyatga izoh berib.
Merkel Kobul aeroportidan odamlarning xavfsiz evakuatsiya qilinishi faqatgina amerikalik harbiylarga bog‘liq ekanini ta'kidlab o‘tgan.
Uning aytishicha, AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi “domino effekti”ga olib keldi va u 20 yil davomida mamlakatda shakllantirilgan tartibni barbod qildi.
“Biz demokratik tuzilmaga ega davlatni qurishni istagandik, biroq buning uddasidan chiqa olmadik. Afg‘oniston qurolli kuchlari va xalq o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lmagan. Bu biz o‘ylaganimizdek chiqmadi”, deb aytgan Merkel.
U endilikda e'tiborni bunday aralashuvlar bilan nimaga erishish mumkinligi, boshqa davlatlardagi siyosiy tuzumlarga nimani tatbiq qilish mumkinligiga qaratish lozimligini aytgan.
“Qo‘shinlar olib chiqilishi borasidagi qaror yangi dinamikani hosil qildi. Bu demokratiya va erkinlikka ishonganlar, birinchi navbatda ayollar uchun ayanchli natijadir”, deb ta'kidlab o‘tgan Germaniya kansleri.
Merkel endi iloji boricha ko‘proq odamlarning xavfsizligini ta'minlash lozimligini aytgan.
Avvalroq Yevropa ittifoqi davlatlari Kobuldan o‘z diplomatlarini evakuatsiya qilishi ma'lum qilingandi. Italiya, Fransiya, Germaniya, Finlyandiya, Shvetsiya Afg‘onistondagi elchixonalarini yopishga qaror qilgan.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024