Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Afg‘onistonga dollar yetkazishni to‘xtatdi - OAV
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati o‘tgan hafta, toliblar Kobulni egallashidan avvalroq Afg‘onistonga dollar yetkazishni to‘xtatgan. Bu haqda Wall Street Journal nashri manbalarga tayanib xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, bundan maqsad “millionlab dollar pulning “Tolibon” qo‘liga tushishi oldini olish” hisoblanadi.
Manbalarning ma'lum qilishicha, Vashington Afg‘oniston hukumatining AQSh Federal zaxira tizimi va boshqa moliyaviy tashkilotlari tomonidan boshqariluvchi hisobraqamlarini bloklagan. AQSh, shuningdek, “Tolibon”ning Xalqaro valuta jamg‘armasidagi yarim milliard dollarga yaqin mablag‘larni qo‘lga kiritishi oldini olish ustida ish olib bormoqda.
“Afg‘oniston hukumati AQShda ega bo‘lgan har qanday aktivlar “Tolibon”ga berilmaydi”, deb aytgan manbalardan biri.
Afg‘oniston markaziy bankining xorijga qochib ketgan sobiq rahbari Ajmal Ahmadiy Afg‘onistonga boshqa dollar yetkazilmasligidan xabari bo‘lganini aytgan. U ta'kidlaganidek, Afg‘oniston markaziy bankining 9 mlrd dollar miqdordagi deyarli barcha pul zaxiralari xorijda saqlanadi.
Afg‘onistonning AQShda saqlanuvchi aktivlari muzlatilgani haqida avvalroq The Washington Post va Bloomberg nashrlari ham xabar bergan. Ma'lumotlarga ko‘ra, bu qaror AQSh moliya vaziri Janet Yyellen va xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi tomonidan qabul qilingan.
Mavzuga oid
16:02 / 05.12.2025
Soxta dollarni qanday aniqlash mumkin?
21:23 / 04.12.2025
«Tolibon» 13 yoshli bolani omma oldida qatlni ijro etishga majburladi
20:27 / 02.12.2025
Tojikiston afg‘on chegarasini qo‘riqlash uchun Rossiyadan harbiy yordam so‘radi
19:03 / 02.12.2025