Endilikda emlanganlik haqidagi sertifikatni elektron tarzda olish mumkin
Endilikda emlanganlikni tasdiqlovchi sertifikatni elektron tarzda olish mumkin. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yagona portal orqali «Koronavirusga qarshi emlash» uchun elektron tarzda navbatga turish bilan birga, emlash to‘liq yakunlangach tegishli sertifikatni yuklab olish mumkin.
Bildirilishicha, koronavirusga qarshi emlash bosqichlaridan to‘liq o‘tgan shaxslar maxsus sertifikat bilan davlat muassasalari, ovqatlanish joylari va ommaviy tadbirlarga tashrif buyurishlari mumkin.
“Shu o‘rinda yana bir qulaylik, mazkur xizmatdan my.gov.uz mobil ilovasi orqali ham foydalanib, istalgan vaqtda navbatga yozilish va elektron sertifikatni yuklab olish imkoniyati mavjud”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:08 / 25.04.2024
TTA va Stomatologiya institutida xorijiy tillardan sertifikat olganlarga stipendiya berilmayotgani aytilyapti
07:31 / 25.04.2024
Toshkentda ingliz tili sertifikatini olib berishni va’da qilganlar ushlandi
12:06 / 28.02.2024
Xalqaro IT-sertifikatni olish xarajatini qoplash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi
07:50 / 26.02.2024