Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda qulflanib qolgan uydan 2 yoshli bola qutqarildi
Qarshi shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida qulflanib qolgan xonadon ichidagi 2 yoshli bola qutqarilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 17 avgust kuni Qashqadaryo viloyati FVB navbatchi-dispetcherlik xizmatiga Qarshi shahar Nasaf ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning xonadonlaridan birida yashovchi fuqarodan murojaat tushgan. Murojaatda xonadonning kirish eshigi qulflanib, u yerda 2 yoshli bola qolib ketgani to‘g‘risida xabar berilgan.
Qayd etilishicha, zudlik bilan xabar qilingan joyga yetib borgan qutqaruvchilar xonadon derazasi ochiqligini aniqlagan va darhol yuqori qavat derazasidan maxsus arqon yordamida tushib, uy ichida qolgan bolani qutqarib, onasiga sog‘-salomat topshirgan.
Norin daryosida cho‘kkan uch kishining ikki nafari qutqarildi, birining jasadi daryo tubidan topildi
Mavzuga oid
15:37 / 20.06.2025
Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suv tarmog‘i tortiladi
13:05 / 14.04.2025
Ural Airlines'ning Qarshi - Moskva reysi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi
18:13 / 31.03.2025
Qarshi shahrida o‘zbek-nemis qo‘shma maktabi tashkil etiladi
16:09 / 28.03.2025