Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati baholanadi
Hukumat qarori bilan Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan sektorlar faoliyatini baholash bir yilda bir marotaba – hisobot yilidan keyingi yilning 1 fevraliga qadar amalga oshiriladi. Natijasi bo‘yicha tahliliy ma'lumotnoma Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va xalq deputatlari Kengashlariga kiritiladi.
Baholash natijasiga ko‘ra tuman, shahar sektorlari o‘rtasida respublika darajasida – “eng namunali sektor” hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida – “eng tashabbuskor sektor” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi va rag‘batlantiriladi.
Baholash quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
- “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” bilan ishlash natijadorligi;
- “mahallabay” ishlash tizimining yuritilishi holati;
- iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish darajasi;
- tadbirkorlikni rivojlantirish;
- jinoyatchilikni kamaytirish va ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish;
- murojaatlar bilan ishlash samaradorligi.
Shunga ko‘ra, g‘olib bo‘lgan sektorlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:
“Eng namunali sektor” nominatsiyasida:
- 1-o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari;
- 2-o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari;
- 3-o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida pul mablag‘i.
“Eng tashabbuskor sektor” nominatsiyasida:
- 1-o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari;
- 2-o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari;
- 3-o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida pul mablag‘i.
Sektorlar faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini hisoblash va baholash bo‘yicha “sektor.reyting.uz” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi ishga tushiriladi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026