Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga mobil telefonlar asosan 7ta davlatdan olib kelinmoqda
O‘zbekiston xorijdan 1,4 mln dona mobil telefon import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumot berdi.
Foto: Jason Lee / Reuters
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston xorijdan qiymati 94,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,4 mln dona mobil telefonlar import qilgan.
Qayd etilishicha, telefon importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,0 mln donaga oshgan.
Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston 11ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.
O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar quyidagicha:
- Xitoy – 896,4 ming dona;
- Vetnam – 257,5 ming dona;
- BAA – 148,8 ming dona;
- Hindiston – 48,6 ming dona;
- Qozog‘iston – 45,0 ming dona;
- Rossiya – 967 dona;
- Koreya – 700 dona.
Mavzuga oid
13:23
Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi korxonalar: eng katta ulush savdoda
15:21 / 12.01.2026
15 mingdan ortiq o‘zbekistonlik AQShga bordi - safarlar maqsadi bo‘yicha taqsimot
14:36 / 12.01.2026
Oliy ta’lim xizmatlari ta’lim bozorining deyarli yarmini egalladi
13:46 / 12.01.2026