Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hisob palatasining qo‘shimcha funksiyalari belgilandi
Foto: KUN.UZ
Hisob palatasi faoliyati takomillashtirilayotgani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Budjet kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda Hisob palatasi budjet tizimi budjetlarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llamasdan ham aniqlash va safarbar qilishni amalga oshirishi mumkin.
"O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, Hisob palatasi:
- yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishini o‘rganadi hamda nazorat qiladi;
- davlat boshqaruv organlarida, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan muassasa va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimini joriy qilish, uning samarali faoliyat ko‘rsatishiga doir choralarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi.
Hisob palatasining bir qator qo‘shimcha funksiyalari, jumladan, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasidagi funksiyalari belgilandi.
Mavzuga oid
18:27 / 30.12.2025
Qozog‘istonda noan’anaviy jinsiy munosabatlar targ‘ibotini taqiqlovchi qonun imzolandi
10:20 / 26.12.2025
2026 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
19:50 / 19.12.2025
Mahalliy kengash va hokimlar faoliyatiga xos bo‘lmagan 8 ta vazifa bekor qilinadi
10:15 / 08.12.2025