Jahon | 10:37 / 31.08.2021
11664
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Bayden bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Vashingtonga yetib keldi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan muzokaralar o‘tkazgani AQSh poytaxti Vashingtonga yetib keldi. Bu haqda 30 avgust kechki payt Zelenskiyning o‘zi ma'lum qildi.

Foto: Global Look Press

Ukraina rahbari rafiqasi bilan samolyotdan tushayotgan suratini ilova qilgan. “Vashingtonga Jo Bayden taklifi bilan keldik. Oldinda Ukraina va AQSh strategik sherikligi masalalarining muhokamasi turibdi”, deb yozgan Zelenskiy.

U amerikalik hamkasbi bilan uchrashuv sermazmun o‘tishiga umid bildirgan.

Avvalroq, 30 avgust kuni Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko Zelenskiyga Bayden bilan suhbat chog‘ida “ovozini balandlatmaslikni” tavsiya qilgan.

29 avgustda Oq uy Ukraina va AQSh yetakchilarining uchrashuvi 1 sentyabrga ko‘chirilganini ma'lum qilgandi.

Avvalroq, Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Zelenskiy va Bayden o‘zaro uchrashuv chog‘ida Donbass va Qrim yarimoroli hamda Ukraina iqtisodiyoti bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilishini ma'lum qilgandi.

O‘z navbatida, Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki Zelenskiyning AQShga tashrifi Vashingtonning Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashining yana bir tasdig‘i bo‘lishini aytgandi.

Mavzuga oid