Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining reytingi joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining "Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
2021 yil 1 oktyabrdan boshlab o‘z faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etgan Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiruvchi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholashni, tajriba-sinov tariqasida, “E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali joriy etish taklif qilinmoqda.
Tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqib, mazkur tizim 2022 yil 1 yanvardan boshlab barcha vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda joriy etiladi.
“Yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati har yili 1 dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining rasmiy saytida va OAVda e'lon qilinadi.
Loyihaga asosan, Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borayotgan tadbirlari samaradorligini puxta tahlil qilish, baholash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni nazarda tutuvchi reyting baholashni o‘tkazish;
- reyting baholashni har yili oldingi yilning 1 oktyabridan baholash o‘tkazilayotgan yilning 1 oktyabriga qadar bo‘lgan davrda o‘tkazish;
- har yili reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi 9 kishidan iborat bo‘lgan tashqi ekspertlar guruhini shakllantirish.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
09:10
Mundialdagi tarixiy debyut va qaytarib beriladigan soliq – hafta dayjesti
18:55 / 20.06.2026
Nodirbek Abdusattorov jahon shaxmat reytingida eng yuqori uchtalikka kirdi
18:20 / 17.06.2026
Davlat xizmatchilari uchun qamoqxonaga ekskursiya amaliyoti yo‘lga qo‘yildi
14:42 / 16.06.2026