Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalliy OTMlardan o‘qishni ko‘chirish natijalari 6 sentyabrda e'lon qilinadi
Natijalar 6 sentyabr 16:00dan boshlab o‘qishni ko‘chirish so‘ralgan OTM rasmiy saytida e'lon qilinadi. Ariza holatini esa 5 sentyabr kuni soat 10:00dan boshlab transfer.edu.uz'dagi shaxsiy kabinetdan ko‘rish mumkin.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi vakolatidagi talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan arizalar (OTMlardan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tizimidagi OTMlarga mos va turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha) vazirlik komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi.
Vazirlik axborotiga ko‘ra, ko‘rib chiqish natijalari ariza mualliflariga quyidagi tartibda e'lon qilinadi:
O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilmagani bo‘yicha ma'lumotlar ariza mualliflarining transfer.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlariga yuboriladi. Shunga ko‘ra, ushbu toifadagi talabalar 2021 yil 5 sentabr kuni soat 10:00 dan boshlab arizalarining ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha shaxsiy kabinetlari orqali ma'lumot olishlari mumkin.
O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati 2021 yil 6 sentabr kuni 16:00 dan boshlab talabalar o‘qishi ko‘chirilishi so‘ralgan OTMlarning rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi.
O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalarning bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida ko‘chirilishi muayyan OTM tomonidan uzrli sabablarni asoslovchi hujjatlarning asli ko‘rib chiqilgandan so‘ng belgilanadi.
Mavzuga oid
14:49 / 10.01.2026
Bahorgi semestr uchun o‘qishni ko‘chirish arizalari 10 yanvardan qabul qilinadi
09:36 / 01.12.2025
Qishki o‘qishni ko‘chirish: talabalardan ariza qabul qilish 20 dekabrdan boshlanadi
07:50 / 13.08.2025
O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanasi belgilandi
19:35 / 16.07.2025