Jahon | 16:05 / 09.09.2021
13949
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada narkokartel boshlig‘ini qo‘lga olish chog‘ida 13 kishi halok bo‘ldi

Uyushgan jinoiy guruh a'zolari harbiylar va prokuratura xodimlariga jiddiy qarshilik ko‘rsatgan. 

Meksikadagi Nuevo-Laredo shahrida «Los Setas» narkokarteli boshliqlaridan biri Martin Rodriges Barbozani qo‘lga olish operatsiyasi qurolli to‘qnashuvga aylanib ketdi, deb yozadi el Financero gazetasi.

Xabar qilinishicha, uyushgan jinoiy guruh a'zolari harbiylar va prokuratura xodimlariga jiddiy qarshilik ko‘rsatgan. 

Barboza qo‘lga olinish vaqtida kartelning kamida 10 nafar a'zosi va uch nafar huquq-tartibot xodimi halok bo‘lgan, bir necha kishi jarohatlangan.

«Los Setas» jinoiy guruhi 2007-2008 yillarda Meksikada tashkil topgan, ammo 2010 yillarda Gvatemala va Hondurasda kuchli ta'sirga ega bo‘lgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid