O‘zbekiston | 12:08 / 09.09.2021
2060
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda Cobalt haydovchisi vafot etdi

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida Isuzu yuk mashinasi yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib Cobalt bilan to‘qnashgan. Oqibatda Cobalt haydovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 4 sentabr tunda A380 G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynov xalqaro avtomobil yo‘lining 100-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Shahrisabz-Buxoro yo‘nalishida harakatlanib borayotgan Isuzu yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Cobalt bilan to‘qnashgan. Oqibatda, Cobalt haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Isuzu haydovchisi tezlikni belgilangan me'yordan oshirib harakatlangan va boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovoldi surishtiruv olib borilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid