Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tumanida «Neksiya» maşinasi urib yuborgan velosiped haydovçisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 3 sentabr kuni soat 8:30larda A378 Samarqand-Ğuzor xalqaro avtomobil yölining Ğuzor tumani hududidan ötuvçi 136-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
«Neksiya» maşinasi yöl çetida harakatlanib ketayotgan fuqaroni urib yuborgan. Oqibatda, velosiped haydovçisi oğir tan jarohatlari olib vafot etgan.
Dastlabki suriştiruvlarda aniqlanişiça, velosiped haydovçisi yölning qatnov qismiga çiqib ketgani mazkur hodisaga sabab bölgan. Şuningdek, «Neksiya» haydovçisi ham ehtiyotsizlikka yöl qöygan.
Qayd etilişiça, mazkur hodisa yuzasidan Ğuzor tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan tergovoldi suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qaşqadaryoda Nexia boşqaruvni yöqotib jarlikka quladi

















