Jahon | 09:30 / 09.09.2021
4235
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Makedoniyada COVID-shifoxonada chiqqan yong‘inda 10 kishi halok bo‘ldi

Shimoliy Makedoniyaning Tetovo shahrida koronavirusga chalingan bemorlar davolangan shifoxonada chiqqan yong‘inda 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda respublika sog‘liqni saqlash vaziri Venko Filipche ma'lum qildi. Biroq “Alsat-M” telekanalining xabar berishicha, baxsiz hodisa qurbonlari 14 kishini tashkil qilmoqda.

Foto: EPA

Bundan tashqari, 20ga yaqin odam jabr ko‘rgan. Yong‘inni o‘chirishda 30ga yaqin o‘t o‘chiruvchi ishtirok etgan.

“Ayni vaqtda yong‘in oqibatida 10 kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi. Biroq qurbonlar soni oshishi mumkin”, deb yozgan Twitter’da Filipche. Vazir qurbonlar va jabrlanganlar oilalariga hamdardlik bildirgan.

Filipchening ta'kidlashicha, yong‘in o‘chirilgan, jabrlanganlar poytaxt Skopedagi shifoxonalarga ko‘chirilgan. Tetovoda bosh vazir Zoran Zayev boshchiligida inqiroz shtabi ish olib bormoqda. Yong‘in sabablari aniqlashtirilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid