Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyasi Gruziyada Kavkazdagi eng katta tonnel qurilishini boshladi
Diametri 15 metrli ushbu tonnelni qazish uchun Xitoyda maxsus burg‘ilash mashinasi tayyorlangan va Gruziyaga olib kelingan.
Xitoyning China Railway Tunnel Group Co, Ltd (CRTG) kompaniyasi Gruziyaning Krestovoy dovonida uzunligi 9 kilometrli avtomobil tonneli qurilishini boshladi.
“Bu asr loyihasi bo‘lib, u Tbilisidan Kazbekka atigi 1,5 soatda borish imkonini beradi”, – dedi Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili qurilish ishlari boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lning ushbu uchastkasidan kuniga 3-4 mingta avtomobil o‘tadi.
Garibashvilining ta'kidlashicha, u Kavkazdagi eng katta tonnel bo‘ladi.
“Loyiha qiymati 1,2 mlrd larini (385 mln dollar) tashkil etadi”, – dedi u.
Xabar qilinishicha, diametri 15 metrli ushbu tonnelni qazish uchun Xitoyda maxsus burg‘ilash mashinasi tayyorlangan va Gruziyaga olib kelingan.
Qurilish ishlari yakuniga yetgach, uzunligi 34 kilometr bo‘lgan Kvesheti–Kobi yo‘li 11 kilometrga, masofa vaqti esa 1 soatga qisqaradi.
Loyiha 2024 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
23:10 / 26.10.2024
Gruziyada parlament saylovlari yakunlandi. Hukmron partiya va muxolifat o‘z g‘alabasini e’lon qildi
21:11 / 21.10.2024