O‘zbekiston | 12:06 / 11.09.2021
30940
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘istonda qayd etilgan zilzila kuchi Toshkentda sezildi
Toshkent shahrida Qozog‘istonda qayd etilgan zilzila kuchi sezildi. Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 11:51da yuz berdi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 11:51da Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘lgan.
Zilzila koordinatalari: 41,55 gradus shimoliy kenglik; 69,12 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 33 km shimoliy-g‘arbda.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi zilzila O‘zbekiston hududida sezilmaganini ma'lum qilgan.
Biroq, Toshkent aholisi yer silkinishi qayd etilganini sezgan, bu borada ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar ham joylashtirildi.
Mavzuga oid
18:35 / 13.10.2024
IIV Toshkentda kvadroberlar paydo bo‘layotganidan ogohlantirdi
17:25 / 13.10.2024
Pora bilan qochgan tergovchi va havosi buzilgan Toshkent - hafta dayjesti
18:37 / 12.10.2024
Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yangi boshliq tayinlandi
20:37 / 11.10.2024