Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada afg‘on qochqinlarini turmalarda joylashtirish rejalashtirilmoqda
Ukraina hukumati mamlakat qabul qilgan afg‘on qochqinlarini turmalarda joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ukraina Adliya vazirligiga tayanib Apnews nashri ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, qochqinlarni turmalarda joylashtirish g‘oyasini Ichki ishlar vazirligi bildirgan. Bu maqsadda Irpen va Bucha shaharlaridagi ikkita turma taklif etilgan, biroq keyinroq ular foydalanish uchun yaroqsizligi aniqlangan.
Shu sababli Adliya vazirligida afg‘onlarni joylashtirish uchun boshqa 3 ta turmani ko‘rib chiqish taklif etilgan.
Ta'kidlanishicha, ushbu masala bo‘yicha qarorni Ukraina Vazirlar Mahkamasi qabul qiladi.
Avvalroq Ukraina migratsiya xizmati Afg‘onistonning Ukrainaga evakuatsiya qilingan 370 fuqarosi mamlakatda boshpana berilishini so‘raganini ma'lum qilgan.