O‘zbekiston | 09:07 / 14.09.2021
6699
1 daqiqa o‘qiladi

2022 yildan Qashqadaryoning uchta tumanida paxta yetishtirish tugatiladi

2022 yildan boshlab Qashqadaryo viloyatining uchta tumanida paxta yetishtirish tugatiladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 13 sentabr kuni Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazilgan. Unda bir qator dolzarb masalalar muhokama qilingan.

Qayd etilishicha, sessiyada viloyat hokimi Zoyir Mirzayev 2022 yildan boshlab viloyatning uchta tumanida paxta yetishtirish tugatilishini ma'lum qilgan. Jumladan, Shahrisabz, Kitob va Yakkabog‘ tumanlari meva va sabzavot yetishtirishga moslashtiriladi. Bu tumanlarda paxta maydonlari o‘rniga mevali bog‘lar tashkil etiladi, sabzavot yetishtiriladi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid