Norma’ning yozişiça, qaror Qaşqadaryo viloyatida raqamli va suv tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etiş hamda davlat-xususiy şeriklik tamoyillari asosida suğoriladigan yerlar meliorativ holatini yaxşilaş, qişloq xöjaligi va iqtisodiyot boşqa tarmoqlarini suv bilan işonçli ta'minlaş maqsadida qabul qilingan.
Hujjat bilan quyidagi manzilli röyxatlar tasdiqlandi:
- 2021 yilda Qaşqadaryo viloyatida Özbekiston respublika budjeti mablağlari hisobidan irrigatsiya va melioratsiya obektlari quriş, rekonstruksiya qiliş hamda melioratsiya obektlarini ta'mirlaş-tiklaş böyiça ustuvor loyihalar böyiça;
- 2021 yilda Qaşqadaryo viloyatida mahalliy budjet mablağlari hisobidan amalga oşiriladigan irrigatsiya tizimlarini ta'mirlaş-tiklaş işlari böyiça;
- 2021 yilda Qaşqadaryo viloyatida suv xöjaligi obektlarini davlat-xususiy şeriklik tamoyillari asosida xususiy sektorga beriş böyiça;
- 2021 yilda Qaşqadaryo viloyati tumanlarida irrigatsiya-melioratsiya işlarini takomillaştiriş böyiça «yöl xaritalari»;
- Qaşqadaryo viloyatida 2021 yilga möljallangan tadbirlarni amalga oşiriş natijasida erişiladigan asosiy maqsadli körsatkiçlar va indikatorlar.
Qarorga muvofiq quyidagi maqsadli körsatkiçlarga erişiş nazarda tutilgan:
- suv ta'minoti darajasi past bölgan suğoriladigan maydonlarni 83,5 ming gektardan 55,3 ming gektargaça kamaytiriş;
- nasos stansiyalaridagi 3ta nasos agregati va 14ta elektr dvigatelini zamonaviy energiya tejamkorlariga almaştiriş, nasos stansiyalari yillik elektr energiyasi iste'molini 2,4 mlrd kVt.s.dan 2,3 mlrd kVt.c.gaça kamaytiriş;
- suv tejaydigan suğoriş texnologiyalari joriy qilingan maydonlarni 69,7 ming gektardan 130,1 ming gektargaça, şu jumladan tomçilatib suğoriş texnologiyasi joriy qilingan maydonlarni 11,8 ming gektardan 39,4 ming gektargaça yetkaziş;
- şörlangan maydonlarni 232,3 ming gektardan 227,8 ming gektargaça, şu jumladan, örtaça va kuçli darajada şörlangan yerlarni 47,7 ming gektardan 45,6 ming gektargaça qisqartiriş;
- «Smart Water» raqamli texnologiyasi asosida suvning hisobi yuritiladigan suv xöjaligi obektlari sonini 73tadan 342tagaça yetkaziş;
- suv xöjaligida davlat-xususiy şeriklik tamoyillari asosida jami 10ta loyihani amalga oşiriş.











