O‘zbekiston | 08:37 / 20.09.2021
2563
2 daqiqa o‘qiladi

Hukumat tibbiy-ijtimoiy muassasalar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqladi 

“Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori qabul qilindi

“Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylari to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, mazkur internat uylariga:

  • parvarish qilish shart bo‘lgan 1-darajali qarindoshi yoki vasiylari bo‘lmagan yolg‘iz keksalar;
  • 18 yoshidan boshlab I va II guruh nogironlar;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz I guruh nogiron keksalar joylashtiriladi.

Quyidagilar “Saxovat” internat uylariga qabul qilishga qarshi ko‘rsatmalar hisoblanadi:

  • tutqanoq bo‘ladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, disforiyalarga moyillik;
  • ruhiy kasalliklar;
  • sil kasalligi;
  • yuqumli ter va soch kasalliklari;
  • o‘tkir yuqumli kasalliklar;
  • salbiy jarayondagi, yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
  • tanosil kasalliklari.

Quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

  • “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylari to‘g‘risida;
  • “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uylari to‘g‘risida;
  • Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar to‘g‘risida;
  • Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati to‘g‘risida.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid