Fransiya YeI va Avstraliya o‘rtasida savdo kelishuvi tuzilishiga qarshi chiqdi
Qayd etilishicha, bunga Avstraliyaning Fransiya bilan suvosti kemalari qurish bo‘yicha shartnomani bekor qilgani sabab bo‘lgan.
Fransiya hukumati Yevroittifoq va Avstraliya o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risidagi kelishuv tuzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bilan tahdid qildi, deb yozadi The Times.
Qayd etilishicha, bunga Avstraliyaning Fransiya bilan suvosti kemalari qurish bo‘yicha 50 mlrd yevrolik shartnomani bekor qilgani sabab bo‘lgan.
Fransiyaning Yevropa ishlari bo‘yicha vaziri Kleman Bonning so‘zlariga ko‘ra, Parij Bryusselda bo‘lib o‘tadigan savdo muzokaralarini bloklaydi.
«So‘zida turish – demokratiyalar va ittifoqchilar o‘rtasidagi ishonchning asosiy sharti. Shuning uchun biz boshqa ishonmaydigan mamlakat bilan hech narsa bo‘lmaganday savdo muzokaralarini o‘tkazishdan ma'no yo‘q», – dedi u.
YeI va Avstraliya savdo muzokaralarini 2018 yilda Fransiyaning qo‘llab-quvvatlovi ostida boshlagandi. Savdo kelishuviga erishish uchun YeIning barcha mamlakatlari rozi bo‘lishi kerak.
Avvalroq AQSh, Britaniya va Avstraliya o‘rtasida mudofaa sohasida yangi alyans – AUKUS’ga asos solindi.
Alyansning birinchi tashabbuslaridan biri sifatida Avstraliyani suvosti kemalari bilan ta'minlash ko‘rsatilgan. Shu sababli Avstraliya Fransiya bilan suvosti kemalari yetkazib berish bo‘yicha shartnomadan chiqqan. Parij o‘z ittifoqdoshlarining bu qarorini «orqadan pichoq sanchish» deb baholagan.
Mavzuga oid
00:26 / 24.09.2024
Avstraliyada yolg‘on chegirmalar e’lon qilgan supermarketlar sudga berildi
20:25 / 22.09.2024
Fransiyada uzoq muddatli siyosiy inqirozdan keyin yangi hukumat tasdiqlandi
21:36 / 21.09.2024
Fransiyada talabalar arxeologik qazish ishlari davomida 200 yillik maktubni topdi
12:10 / 21.09.2024