Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda qo‘shimcha postlar tashkil etiladi
“Yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tun-u kun faoliyat yurituvchi savdo va xizmat ko‘rsatish obektlari joylashgan hududlarda jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Savdo va xizmat ko‘rsatish obektlarining 24 soat mobaynida tun-u kun faoliyat yuritishga doir jamoat xavfsizligi bo‘yicha soddalashtirilgan talablar o‘rnatiladi.
Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan:
- yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tashkil etiladigan savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda qo‘shimcha patrullik yo‘nalishlari va postlar tashkil etiladi;
- xizmatga jalb qilingan naryadlarning zichligini oshirishni nazarda tutgan holda mavjud kuch-vositalar taqsimotiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi;
- tadbirkorlar mol-mulkini qo‘riqlash, har xil favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
Qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
08:55 / 19.06.2026
Abdulla Qodiriy ko‘chasida haydovchilar uchun yangi qayrilish joyi tashkil etildi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
09:10 / 24.03.2026
Ayrim ko‘chalarda avtoulovlar harakatiga vaqtincha o‘zgarish kiritiladi
13:53 / 20.03.2026